Kelajak uchun kerakli kompyuter ko‘nikmalari talabadan talabaga

CS TIIAME bu TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining ICEBERG jamoasi tomonidan tashkil etilgan kurs bo‘lib, talabalarga zamonaviy raqamli muhitda samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan amaliy bilim va ko‘nikmalarni beradi.

Kurs bilan yaqindan tanishing

CS TIIAME qanday kurs?

Universitet, ish va kundalik hayotda kompyuterdan to‘g‘ri va unumli foydalanish bugun oddiy afzallik emas, zarurat. Shu sababli biz bu kursni do‘stlarimizga kerakli raqamli ko‘nikmalarni sodda va amaliy usulda o‘rganishni o‘rgatish uchun yo‘lga qo‘ydik. Biz shunchaki o'rgatmaymiz bir birimizga o'sishda va kerakli ko'nikmalarni o'rganishda yordam beramiz.

  • Tez yozish ko‘nikmasi va kompyuterdan unumli foydalanish odatlari
  • Google ilovalari bilan kundalik ishlarni tartibli va samarali tashkil qilish
  • Word, Excel va Canva’da mustaqil ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
0:00 / 0:00
Nega bu kurs tashkil etildi?

Bizning maqsadimiz

Hozirgi kunda kompyuter bilimisiz hayotni tasavvur qilish qiyin (ayniqsa talabalar hayotini). Aynan shu sabab tengdoshlarimizga asosiy “talabacha” kompyuter bilimlarini CS TIIAME kursida sodda va amaliy oʻrgatishga qaror qildik.

Amaliy foyda berish

Talabalar faqat nazariy ma’lumot emas, balki darhol ishlatish mumkin bo‘lgan real ko‘nikmalarni egallaydi.

Raqamli savodxonlikni oshirish

Kompyuter, hujjatlar, jadval, dizayn va online platformalar bilan ishlashni o‘rgatamiz.

Talabadan talabaga

Biz talabalar o'zimizga o'zimiz ustozlik qilamiz va o'z o'rganganlarimizni bir birimiz bilan ulashamiz.

2 hafta

Kurs davomiyligi(2-mavsum rejadagi)

30+

1-mavsum qatnashchilari

200 ga yaqin

1-mavsum online kuzatuvchilar

Nimalarni o‘rganasiz?

Kurs dasturi

  • Tez va to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi
  • Google Docs, Sheets, Drive, Forms va boshqa Google ilovalari
  • Microsoft Word’da hujjatlar bilan ishlash
  • Microsoft Excel’da jadval, formula va amaliy vazifalar
  • Canva’da sodda va chiroyli dizaynlar tayyorlash
  • Prezentatsiya tayyorlash va uni to‘g‘ri taqdim etish
Darslar qanday o‘tadi?

O‘qitish jarayoni

  • Darslar sodda tilda, bosqichma-bosqich va amaliy misollar bilan olib boriladi
  • Har bir mavzuda nazariya bilan birga mustaqil bajariladigan topshiriqlar beriladi
  • Keyinchalik yana mustaqil ko'rish uchun darslar yozib olinadi
  • Haftada 3 kun: dushanba 18:00, chorshanba 16:30, juma 18:00. Darslar 20-apreldan boshlanadi.
  • Manzil: TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti kutubxonasi pastgi qavat kompyuter zali
2-mavsum uchun qabul

CS TIIAME kursiga hozir ro‘yxatdan o‘ting

Joylar cheklangan. Agar siz ham kompyuterdan samarali foydalanishni, hujjatlar, jadvallar, dizayn va prezentatsiya tayyorlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

00Kun
00Soat
00Daqiqa
00Soniya
Biz haqimizda

Loyihani kimlar amalga oshirmoqda?

Biz nima qilamiz?

CS TIIAME kursi TIQMMI Milliy tadqiqot universitetining ICEBERG jamoasi tomonidan tashkil etilgan. Bizning maqsadimiz talabalarni zamonaviy raqamli muhitga mos, mustaqil va samarali ishlay oladigan darajaga olib chiqishdir.

Jamoamiz darslarni tushunarli, foydali va motivatsion ruhda olib borishga harakat qiladi. Kurs davomida har bir ishtirokchi nafaqat bilim, balki amaliy tajriba ham oladi.

1-mavsum ishtirokchilari fikrlari

Talabalar biz haqimizda nima deyishdi?

1-mavsum kurs yakunida qatnashuvchilar o'rtasida kurs haqida anonim so'rovnoma o'tkazdik va bu uning natijalari.

★★★★★

Assistantlar va recordinglar juda foydali bo‘ldi

“Assistantlar ko'pligi, tushuntirishlar perfect, Telegramdan jonli dars qilib turib keyin yana recording tashlab berilganligi” ishtirokchilar eng ko‘p yoqtirgan jihatlardan biri bo‘ldi.

★★★★★

Har bir talabaga alohida yordam berilgani yoqdi

“Har bir kishiga alohida o‘rgatishdi, bilmagan joylarni tushuntirib berishdi” degan fikrlar kursdagi e’tibor va yondashuvni ko‘rsatadi.

★★★★★

O‘rgatish sifati yuqori baholandi

Ko‘plab qatnashchilar kursni 9-10 ball bilan baholab, ayniqsa o‘rgatish sifati va darslarning tushunarli o‘tganini ta’kidlashgan.

★★★★★

Qiziqarli mavzular va sovrinlar motivatsiya berdi

“Qiziqtirish uchun sovrinlar” va “qiziqarli mavzular” kabi fikrlar kurs muhiti ishtirokchilarni faol bo‘lishga undaganini ko‘rsatadi.

★★★★★

Samimiy muhit va erkin muloqot qadrlangan

Ba’zi talabalar kurs davomida bemalol muloqot qilganini, yangi do‘stlar orttirganini va o‘zini qulay his qilganini yozishgan.

★★★★★

Kurs ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi

“Kursga borib afsuslanmadim”, “hammasi yoqdi”, “hammasi zo‘r” kabi fikrlar 1-mavsum ishtirokchilarining umumiy kayfiyati ijobiy bo‘lganini ko‘rsatadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Savollaringizga qisqa va aniq javoblar

Kurs kompyuter savodxonligini oshirmoqchi bo‘lgan talabalar va boshlovchilar uchun mo‘ljallangan. Oldindan kuchli tayyorgarlik talab qilinmaydi.
CS TIIAME bepul kurs hisoblanadi. Asosiy maqsad talabalarni foydali raqamli ko‘nikmalar bilan ta’minlashdir.
Kurs 2-3 hafta davom etishi ko'zda tutilgan. Bu vaqt davomida ishtirokchilar bir nechta amaliy mavzularni bosqichma-bosqich o‘rganadilar.
Darslar an’anaviy formatda olib boriladi, qo‘shimcha ravishda ayrim ishtirokchilar ularni online tarzda ham kuzatishlari mumkin. Manzil: TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti kutubxonasi pastgi qavat kompyuter zali
Haftada 3 kun: dushanba 18:00, chorshanba 16:30, juma 18:00. Darslar 20-Apreldan boshlanadi.
Saytdagi “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib, forma orqali ma’lumotlaringizni yuborasiz. Shundan keyin siz bilan bog‘laniladi.
CS TIIAME botga savollingizni qoldiring.